Ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasida “Boburxonlik kechasi”

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Viloyat silga qarshi kurash dispanserida Andijon davlat tibbiyot instituti Ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi xodimlari hamda  davolash fakulteti 412-, 413-guruh talabalari tomonidan tashkil etilgan “Boburxonlik kechasi” o‘tkazildi. Bunda ulug‘ mutafakkir, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga oid taqdimot, sahna ko‘rinishlari  namoyish etildi.

Bundan tashqari talabalar o‘zlari yod olgan Bobur g‘azal va ruboiylardan namunalarni katta qiziqish va yuksak mahorat bilan o‘qib berdilar. Ijrochilar sahna ko‘rinishida bobomizning yoshlik davri va taxtga o‘tirgandan keyingi  hamda yurtidan  uzoqda bo‘lgan davridagi sog‘inch hissini ifoda etgan sahna ko‘rinishlarini ijro etib berganliklari tahsinga loyiqdir.

Tadbirdan ilhomlangan VSQKD bosh shifokori Faxriddin Nasriddinov va malaka oshirish fakulteti ftiziatriya kafedrasi dotsenti Vohidjon Dadaboyevlar talabalarga chuqur minnatdorchilik izhor etish bilan birgalikda shoir qalamiga mansub ijod namunalaridan o‘qib berdilar.

Boburxonlik kechasi yuqori saviyada o‘tkazildi.

99