alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

FUTBOL SPORT TURI MUSOBАQАLАRI OʼTKАZILАDI

10:44 17.04.2021

Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi ijrosini taʼminlash maqsadida Аndijon davlat tibbiyot instituti rektori kubogi uchun futbol sport turi boʼyicha musobaqalar tashkil etiladi. Unda yaqin atrofdagi mavjud 9 ta mahalla fuqarolar yigʼini oʼramida yashovchi uyushmagan yoshlar ham ishtirok etishlari mumkin. Аvval musobaqa MFY koʼchalari oʼrtasida saralash bosqichlari oʼtkaziladi. Eng sara oʼyinchilardan bitta jamoa shakllantiriladi va ular mahalla nomidan chempionatda ishtirok etadilar. Gʼolib jamoaga kompyuter jamlanmasi sovgʼa qilinadi va Xonobod shahriga sayohati tashkil etiladi. Iqtidorli futbolchilar futbol boʼyicha viloyat ichki ligasida ishtirok etayotgan institut futbol jamoasiga jalb etiladi, moddiy ragʼbatlantirilib boriladi.

Musobaqada ishtirok etishni istagan MFYlar institutning jismoniy tarbiya kafedrasiga murojaat qilishlari mumkin.