alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Germaniya davlati Rostok universiteti delegatsiyasining Andijonga tashrifi

17:20 21.05.2019

2019- yil 21- may kuni  Germaniyaning Rostok universiteti  bir guruh professorlari Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdilar. Mehmonlarni institut rektori M.Madazimov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Arziqulov, xalqaro  hamkorlik  bo‘limi rahbari K.Salohiddinov va institut professor-o‘qituvchilari samimiy kutib oldilar.


Dastlab institut xalqaro aloqalar bo‘limida muloqot va muzokaralar olib borildi.

Delegatsiya tarkibida Universitetning  meditsina fakulteti  dekanining tarkiblashtirish,  rejalashtirish va byudjet masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Yadro tibbiyoti klinikasi direktori, professor  B.Krauze,  universitet klinikasi  torakal jarrohlik  bo‘limi boshlig‘i, direktor R.Orter janoblari  bo‘lib, ular ADTI bilan  tibbiyot yo‘nalishida o‘zaro o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarinini hamkorlikda olib borish bo‘yicha kelishuvlar maqsadlarini bayon etdilar. O‘tgan  2018- yili 18-  dekabrda  ADTI rektori M.Madazimov Germaniyadagi mazkur universitetga tashrif buyurib, bakalavriat yo‘nalishida  qo‘shma fakultet ochish, onkologiya yo‘nalishida  hamkorlikda magistrlik  dasturi asosida  mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha  shartnomalar imzolangan edi.


Ushbu tashrif  o‘zaro kelishuvlarni amalga oshirish, shartnomalar asosida talabalarni  o‘qitishni yo‘lga qo‘yish masalalarida bag‘ishlandi. Suhbat chog‘ida institut tarixi, erishilgan yutuqlar, istiqboldagi rejalar xususida bahs-munozaralar olib borildi. Germaniyalik professorlarga  esdalik sovg‘alari topshirildi.

So‘ngra  janob B.Krauze va  R.Orterlar bilan birgalikda   institut simulyatsion  o‘quv markaziga  tashrif  uyushtirildi.




Shu kuni professorlar institut ilmiy kengashlar zalida professor-o‘qituvchilar bilan ilmiy muloqot bo‘lib o‘tdi. Muloqot chog‘ida mutaxassislar o‘zlarining qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar.





Germaniyalik mutaxassislarning tashrifi davom etmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!