alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“GENDER TENGLIGI – TАRАQQIYOT OMILI” MАVZUSIDА DАVRА SUHBАTI OʼTKАZILDI

20:16 24.06.2021

“GENDER TENGLIGI – TАRАQQIYOT OMILI” MАVZUSIDА DАVRА SUHBАTI OʼTKАZILDI

Fargʼona davlat universitetida Oʼzbekistonning barcha hududlaridagi olima ayollar, gender tenglik masalalari boʼyicha tadqiqotchi xotin-qizlar, yoshlar, Respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalaridagi xotin-qizlar maslahat kengashlarining raislari ishtirokida «Gender tenglikka erishish strategiyasini hayotga tatbiq etishda xotin-qizlarning roli» mavzusidagi Respublika seminar-treningi tashkil etilganligi to’g’risida xabar bergan edik. Unda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva hamda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vaziri Аbduqodir Toshqulov onlayn ishtirok etgandi. Seminar-treningda Аndijon davlat tibbiyot institutining xotin-qizlar masalalari boʼyicha kengashi raisi Gulhayo Xolmatova ham qatnashgandi.

Bugun ilmiy kengashlar zalida ana shu seminar-treningda belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan institut xotin-qizlari ishtirokida “Gender tengligi – taraqqiyot omili” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi. Unda institut rektori M. Madazimov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʼyicha prorektor M. Botirov, xotin-qizlar masalalari boʼyicha kengashi raisi G. Xolmatova bugungi kunda jamiyatda xotin-qizlarning roli, oilada va jamoada ularning ishtirokini taʼminlash, ularni qoʼllab-quvvatlash borasida oʼz fikr-mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, xodima ayollar ham o’z tashabbus va g’oyalari bilan o’rtoqlashdilar.