alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Germaniya bilan xalqaro hamkorlik aloqalari  kengaymoqda

11:26 08.10.2020

7-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti va Germaniya hamkorlik tashkiloti (GIZ) bilan “Endourologiya o‘quv markazi”ni tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha onlayn muzokaralar o‘tkazildi. Muzokarada Germaniya tomonidan Karneliya Bekker va bir qator mutaxassislar hamda ADTI tomonidan xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salaxiddinov va o‘quv bo‘limi boshlig‘i Q.Yusupovlar ishtirok etdi.

Muzokora davomida “Endourologiya o‘quv markazi”ni simulatsion   jixozlarni tez orada sotib olish va o‘rnatish rejalashtirildi. Yangi yuqori texnologik diagnostika va davolashni, bakalavriatura va magistratura  o‘quv dasturlariga kiritish bo‘yicha kelishildi.
Hamkor Germaniya Rostok universiteti yetakchi mutaxassislari bilan kelishilgan holda o‘quv, malaka oshirish va qayta tayyorlov kurslarini o‘tkazilishi kelishib olindi. Kelgusidagi yangi loyihalar ham rejalashtirildi.

ADTI xalqaro hamkorlik bo‘limi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!