GERMANIYA MUTAXASSISI INSTITUTIMIZGA ISHGA OLINDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

GERMANIYA MUTAXASSISI INSTITUTIMIZGA ISHGA OLINDI

13:51 08.10.2025

Ma’lumki, Gemaniya Federatsiyasi Rostok universiteti professori, Yevropa urologlar assotsiatsiyasi eksperti Oliver Xakenberg Аndijon davlat tibbiyot instituti Urologiya kafedrasi bilan doimiy hamkorlikda ish olib boradi. Endi mazkur professor Andijon davlat tibbiyot institutida faoliyat olib borishni boshladi, ya’ni Oliver Xakenberg bilan 3 yillik shartnoma imzolandi va institutimizga ishga olindi.

Hozirda professor institut talabalariga ma’ruzalar olib borishni boshladi. Bundan tashqari, har kuni institutimiz mutaxassislari bilan birga yuqori texnologik tashrixlarni oʼtkazib kelyapti.

Professor mana shu 3 yil davomida Аndijon davlat tibbiyot instituti Urologiya kafedrasi jamoasiga uroonkologik tashrixlar va robot assistent texnologiyasi asosida tashrixlarni oʼrgatib boradi. Institut klinikasining qurilish ishlari yakunlangandan soʼng, robot assistent texnologiyasini olib kelish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Oliver Xakenbergning rafiqasi Birgit Xakenberg xonim ham Xorijiy tillar kafedrasida talabalarga seminar darslarini olib bormoqda.

Seminar davomida Germaniya ta’lim tizimi, uning tuzilishi va imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi. Mazkur seminar darslari 2 hafta davom etadi.

Skip to content