alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Germaniyada O’zbekiston sog’liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi taqdimoti

10:22 20.02.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash  fakulteti dekani X.X.Tursunov , jarroxlik va urologiya kafedrasi assistenti,  tibbiyot fanlari nomzodi M.A.Shadmanov  va ADTI klinikasi bosh shifokori  «Operativ-diagnostik endoxirurgiya, stomatologiya, urologiya» kafedrasi mudiri B.J.Raxmonovlar Germaniyada o’tkazilgan O’zbekiston Sog’liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi taqdimotiga tashrif buyurdilar.

Ayni paytda O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi delegatsiyasi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan “O’zbekistonda zamonaviy yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar bilan ishlash uchun tibbiy va texnik xodimlarning malakasini oshirish” loyihasida ishtirok etmoqda.


27-fevralga qadar davom etadigan tashrif jarayonida Germaniya sog‘liqni saqlash tizimida moliyalashtirish masalalari va boshqarish usullari, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni boshqarish tamoyillari bilan yaqindan tanishadilar.

Shuningdek, mamlakatning yetakchi tibbiyot muassasalarini, tibbiy ta’lim va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tibbiy uskunalar ishlab chiqaruvchilari bilan uchrashuvlarda ishtirok etadilar.        
Taqdimotining 3-kunida O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi delegatsiyasi, shuningdek Andijon davlat tibbiyot instituti vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash  fakulteti dekani X.X.Tursunov, jarrohlik va urologiya kafedrasi assistenti, tibbiyot fanlari nomzodi M.A.Shadmanovlar Germaniyani tibbiyotdagi yuqori texnologiyalarini O’zbekistonga olib kirish va ulardan samarali foydalanish hamda Germaniyani Druger kompaniyasini kattalar va bolalar reanimatsiyasida ishlatiladigan yuqori informatik apparatlar bilan yaqindan tanishish uchun ushbu apparatlarni ishlab chiqaruvchi zavodga  tashrif buyurdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!