alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Germaniyalik mutaxassis Andijonda ma’ruza va mahorat darslari o‘tadi

11:36 10.05.2019

2019- yil 10- may kuni ADTIga Germaniyadagi Myunxen tibbiyot universiteti  professor- maslahatchisi  KASCHKA WOLFGANG PETER tashrif buyurdi.  ADTI xalqaro hamkorlik bo‘limi va psixiatriya va narkologiya kafedrasi  tashkilotchiligida, ularning  taklifiga  binoan Germaniyadan  tashrif buyurgan mehmonni institut bosh o‘quv binosida yoshlar masalalari bo‘yicha prorektor P.Asxanov, xalqaro  hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salohiddinovlar samimiy kutib oldilar. Shundan so‘ng, xalqaro hamkorlik bo‘limida qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi.

O‘zaro suhbat jarayonida institut rahbariyati bilan birgalikda psixiatriya va narkologiya kafedrasi mudiri, professor M.Agranovskiy, tillar, pedagogika va psixlogiya kafedrasi o‘qituvchisi D.Egamovalar ishtirok etdilar.        Bo‘limda institutdagi so‘ngi yillardagi o‘zgarishlar, erishilayotgan yutuqlar, ayniqsa, xalqaro hamkorlik aloqalarining mustahkamlanib borayotganligi, xususan, Germaniya davlatidagi tibbiyot universitetlari bilan  birgalikda qo‘shma fakultet ochish bo‘yicha  shartnomalar imzolanishi  rejalashtirilayotganligi haqida  fikr-mulohazalar yuritildi.

O‘z navbatida  KASCHKA WOLFGANG PETER ham o‘zaro taklif va kelishuvga muvofiq  20 kun mobaynida  psixiatriya yo‘nalishida ma’ruza va mahorat darslari o‘tishi, psixonevrologiya dispanserida bemorlar ko‘ruvi, maslahat va tavsiyalar berishga tayyorligini aytib o‘tdi.

O‘zaro kelishuv asosida  germaniyalik yetakchi mutaxassis  bitta sikl – 20 kun davomida ADTIning 5 – bosqich talabalari, magistratura  va klinik ordinatura yo‘nalishi talabalariga  ma’ruzalar o‘qib, mahorat darslari o‘taydi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!