Germaniyalik mutaxassislar ishtirokida Onlayn konferensiya o‘tkazildi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019- yil 22- may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti  kengashlar zalida   Germaniyaning  Rostok universiteti bilan onlayn  konferensiya  tashkil etildi. Onlayn konferensiyada germaniyalik mutaxassislar- professor – B.Krauze va professor R.Orter hamda ADTI rektori M.Madazimov,xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salohiddinov, prorektorlar, onkologiya va tibbiy radiologiya  kafedrasi xodimlari, soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, klinik ordinatorlar, magistr   va talabalar ishtirok etdilar.

Onlayn konferensiyada onkologik kasalliklardan biri – sut bezi saratoniga chalingan  bemor ayol kasalligining tashxisi, davolash taktikasi muhokama etildi.

Onlayn muloqot chog‘ida Rostok universiteti tibbiy radiologiya va onkologiya bo‘limi professorlari va turli soha mutaxassislari bemorni davolash bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohazalarini bildirdilar.

615