(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Germaniyalik tibbiyotchilar bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda

08:10 15.11.2019

2018-yilning  19-dekabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti va Germaniyaning Rostok universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi va Rostok universitetining 600 yillik yubiley tadbirlari munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot instituti delegatsiyasining Germaniya davlatidagi tashrifi davom etmoqda.


Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimov, institut Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Z.Salaxiddinov, urologiya kafedrasi doseti M.A.Shodmonovlardan iborat delegatsiya Rostok universitetining Radiologiya markaziga, Tibbiy biotexnologiyalar fakultetiga tashrif buyurib, yangi diagnostika va davolash usullari bilan yaqindan tanishdilar. Mezbon mutaxassislar tomonidan taqdimotlar o‘tkazildi.



Shuningdek, universitetning Neontologiya va Akusherlik genikologiya markaziga tashrif bo‘ldi.



Tibbiy biotexnologiyalar fakultetida ushbu mutaxassislik bo‘yicha magistratura yo‘nalishida qo‘shma dastur ochish to‘g‘risida muzokara olib borildi. Ikki tomonlama foydali kelishuvlar muhokama qilindi.


ADTI matbuot xizmati