Giyohvandlik asr vabosi hisoblanadi. Giyohvandlikka ruju qo‘ygan insonning umri, albatta, zavol topadi. Shuning uchun ham giyohvandlikka qarshi chora-tadbirlar dunyo miqyosida hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Andijon davlat tibbiyot instituti Kengashlar zalida giyohvandikka qarshi kurash mavzusida tadbir o‘tkazildi. Davra suhbati tarzida o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot tahliliy markazi etakchi eksperti Sherzod Arapov, Andijon viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi Narkobiznesga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Qahramonjon Abdurahimov, Andijon viloyat sud narkologiya ekspertiza raisi Shuhratbek To‘raqulov ishtirok etdi.
Tadbirni institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.X.Asxanov ochib berar ekan, mehmonlarni tanishtirdi va giyohvandlikning achinarli oqibatlari xususida qisqacha to‘htalib o‘tdi.
Tadbirda so‘z olgan mutaxssislar giyohvandlik, giyohvandlik turlari, narkotik moddalarni noqonuniy etishtirish va tarqalish yo‘llari haqida so‘z yuritdilar. Giyohvandlikka ruju qo‘yishning ayanchli oqibalari haqida hayotiy misollar keltirildi.
Davra suhbatida giyohvandlik natijasida kelib chiqadigan kasalliklar haqidagi videorolik namoyish etildi. Shundan so‘ng, giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyat turlari, giyohvandlikka qarshi kurashning qonuniy asoslari haqida ma’lumot berildi. Tadbir savol-javob tarzida o‘tdi va talabalar o‘zlariga zarur xulosalarni olishdi.
ADTI axborot xizmati