alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa taqdirlandi

15:10 02.04.2019

2019-yil 28-30 mart kunlari Toshkent shahrida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy markazi hamda O‘zbekiston onkologlar assotsiatsiyasi tomonidan futbol bo‘yicha assotsiatsiya kubogi turniri tashkil etildi.

Turnirda  Andijon davlat tibbiyot instituti, onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va  radiologiya ilmiy amaliy markazi Andijon filiali xodimlaridan tashkil topgan jamoa muvaffaqiyatli ishtrok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Bugun mazkur filialda g‘oliblarni taqdirlash tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimov, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i A.X.Abduraxmonov ishtirok etdi va ushbu g‘alaba bilan jamoani qizg‘in tabrikladi. G‘oliblarga turnir kubogi va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!