alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

GOSPITAL TERAPIYA KAFEDRASIDA “METABOLIK SINDROM” MAVZUSIDAGI KONFERENSIYA O’TKAZILDI

16:48 20.05.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909 sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi bo‘yicha 2019-yil 18-may  kuni “Metabolik sindrom ” mavzusida xorijiy olimlar ishtirokida Andijon shahri Bog’ishamol mehmonxonasi kengashlar zalida  ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.  Anjumanni gospital terapiya kafedrasi mudiri Sh.Yusupova  kirish so‘zi  bilan ochib, respublikada endokrinologiya muammolari  haqida to’xtalib, kasalliklarni davolash bilan bog‘liq tomonlarni, ularni zamonaviy   davolash usullari samarasini oshirish yo‘nalishida qilinayotgan ilmiy ishlar va erishilgan amaliy natijalarga to‘xtalib o‘tdi.

bty

So‘ngra anjuman o‘z ishini boshladi. Anjumanda Belorussiya tibbiyot instituti tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent L.Voronina endokrinologiyaning  dolzarb muammolaridan bo’lgan “Metabolik sindrom” mavzusida ma’ruza qildi. U o‘z ma’ruzasida mazkur  kasallikka  chuqur to’xtalib, uni tahlil qilib berdi.

 
Ma’ruzalar yuzasidan savollar berildi.  Savollarga ma’ruzachi muammoni yoritib beruvchi misollar bilan javob berdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!