Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasida xorijiy mehmonlar ishtirokida mahorat darsi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Gospital terapiya va endokrinologiya  kafedrasida Rossiya Federatsiyasi A.I.Evdokimova nomidagi Moskva davlat tibbiy stomatologiya universiteti endokrinologiya va diabetologiya kafedrasi professori Biryukova Yelena Valerevna hamda Ukrainaning Kiyev shahar klinik endokrinologik markazi umumiy endokrin patologiya va moddalar almashinuvi bo‘limi boshlig‘i tibbiyot fanlari nomzodi K.A.Zuevlar tomonidan  mahorat darsi – masterklass darslari va bemorlar ko’rigi  o’tkazildi .

Tadbirlar bir necha kun davomida tashkil etildi. Yurtimizda tibbiyotga berilayotgan e’tibor haqida davra suhbatlari o’tkazildi.  Ushbu tashrifning ahamiyati,  jahon miqiyosidagi tibbiyot yangiliklaridan, xususan  endokrinologik  kasalliklar klinik ahamiyati, zamonaviy tashxislash, davolash va profilaktikasi  bo‘yicha yangi malumotlar olindi. Mehmonlar  tashrifining dastlabki kunida Andijon shahri Hamkor biznes markazi konferensiyalar zalida  tibbiyot instituti professor o’qituvchilari, talabalar, klinik ordinatorlar, magistrlar hamda Farg’ona vodiysi endokrinolog shifokorlari ishtirokida ilmiy –amaliy anjumanda ishtirok etdilar.

 

Tashrif keyingi kunlarida gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasida masterklass va bemorlar ko’rigi o’tkazdilar. Masterklass darslar yuqori saviyada tashkil etilib kafedra hodimlari va talabalarga  zaruriy ma’lumotlar olishga yordam berdi. Mutaxassislar ishtirokida bemorlar konsultatsiyalari esa  masterklass darslarini to’ldirishga yordam berdi.

Tashrif  davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan mavzuga oid savollarini  berdilar va javob oldilar.   Tinglovchilar,  klinik ordinatorlar tomonidan berilgan savollarga javoblar olindi.  Zamonaviy dunyo miqiyosidagi  tashxis va  davolash usullari bilan tanishildi.

188