Gospital va klinik stomatologiya kafedrasi xodimlari xalqaro konferensiyada

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Janubiy Koreya davlatida bo‘lib o‘tadigan «TASK Seminar-2019» anjumanida ishtirok etish uchun ADTI Gospital va klinik stomatologiya kafedrasi mudiri R.R.Raimjonov va kafedra assistenti N.A.Karimqulovlar 2019-yil 18-noyabr kuni Janubiy Koreyaning Inchon shahriga yetib keldilar.

Mazkur anjumanda Rossiya, Belorusiya, Ukraina, Gruziya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston kabi davlatlardan kelgan 125 dan ortiq vrach-stomatologlar ishtirok etmoqdalar. Mehmonlarni kutib olish va ro‘yxatga olish marosimi Inchon shahrida bo‘lib o‘tdi.

19 noyabr kuni anjuman o‘z ishini Tegu shahrida davom ettirmoqda. Anjuman dasturi bo‘yicha dastlab Tegudagi yirik stomatologik klinika hisoblanuvchi «Mir Dental Hospital»  shifoxonasiga tashrif buyurildi.

Mazkur klinika Koreyadagi eng ko‘p tarmoq va filiallarga ega bo‘lgan stomatologik klinika bo‘lib hisoblanadi. Klinika  shifokorlari bilan o‘zaro samimiy muloqotlar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek bemorlarni qabul qilish jarayonlarida ishtirok etildi.

Tegu shahridagi MEGA’GEN nomli stomatologik uskunalar, implantlar va protezlar ishlab chiqaruvchi zavodga tashrif buyurildi. U erdagi anjumanlar zalida maruzalar boshlandi. Anjuman o‘z ishini davom ettirmoqda.

R.R.Raimjonov

Gospital va klinik stomatologiya kafedrasi mudiri

163