alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“GUMBАZ” MFYDА “MUSTАHKАM OILА АSOSLАRI YOSHLАR NIGOHIDА” TАDBIRI TАSHKIL ETILDI

16:06 20.05.2021

Oila mustahkam qoʼrgʼon. Uni asrab-avaylash oila aʼzolarining va mahalla faollarining ham qadimiy anʼanalariga aylangan. Bu borada АDTI IKP kafedrasi va “Gumbaz” MFY oʼrtasida hamkorlik oʼrnatilgan. Bugun “Mustahkam oila asoslari yoshlar nigohida” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Unda institutning bir qator professor-oʼqituvchilari, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi uslubchilari, mahallaning profilaktik noziri, “Gumbaz” masjidi vakillari ishtirok etdilar. Tadbir davomida oilaning muqaddasligi, qizlarni erta turmushga berish va qarindoshlar oʼrtasidagi nikohning salbiy oqibatlari, oiladagi ajrimlarning sababi va oldini olish chora-tadbirlari borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbirda ishtirok etgan mahallaning uyushmagan yoshlari ham oʼzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldilar.

Shuningdek, tadbir davomida uyushmagan yoshlar oʼrtasida iqtidorlilarni aniqlash maqsadida sheʼriy aytishuv tashkil etildi. Mushoirada oʼzbek adabiyotining yetuk shoirlariga qalamiga mansub sheʼrlar oʼqildi. Faol ishtirok etgan yoshlarga institut rahbariyati tomonidan esdalik sovgʼalari taqdim etildi.