alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

GURUH YETAKCHILARI BILAN UCHRASHUV

15:32 14.09.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti majlislar zalida institut guruh yetakchilari (starostalari)ning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Institutning faol talabalari jamlangan mazkur yig‘ilishda institut rektori, prorektorlar, dekanlar, bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi. Yig‘ilish avvalida institut rektori Madaminjon Madazimov talabalarga yangi o‘quv yili munosabati bilan instituda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, o‘quv jarayonini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishtirib o‘tdi.

Rektor o‘z so‘zida yangi o‘quv yilidan to‘lov-kontrakt qiymati miqdorini oshganligining sabablarini tushuntirib o‘tdi. Jumladan, to‘lov-kontrakt qiymati miqdorini 18 foizga oshirilishida asosiy omil sifatida, oliy ta’lim muassasalari xodimlarining ish haqi miqdorlari, kommunal xizmatlar ta’riflari va boshqa saqlash xarajatlari oshgani holda, oliy ta’lim muassasalari xarajatlari daromadlariga nisbatan 74 foizga o‘sganligi, yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov ko‘rsatkichi 2017/2018 o‘quv yilidagi 9 foizdan 20 foizga ortganligi, talabalar kontingentining ko‘payganligi oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar va o‘quv binolari quvvatlarini yaratish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni talab etishi,  to‘lov-kontrakt miqdorlarining o‘rtacha 18 foizga oshirilishi qaramay bir talabani bir yillik o‘qitish xarajatlarini qisman, ya’ni o‘rtacha 68 foizi qoplanayotganligi, qat’iylashtirilgan 400 ming so‘mlik stipendiya davlat byudjeti asosida o‘qiydiganlar uchun ham, kontraktda o‘qiydiganlar uchun ham joriy etilishi, stipendiyali va stipendiyasiz o‘qish tizimi,  talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘zlashtirishi yaxshi bo‘lgan, ilmiy va jamoatchilik ishlarida faol bo‘lgan talabalarga stipendiyaning 50 foizigacha qo‘shimcha rag‘batlantirish berilishi, nogironlar, kam ta’minlangan oila farzandlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan talabalar uchun ham OTM fondidan stipendiya qoplab berishi xususida ma’lumot berdi.

Yig‘ilishda guruh yetakchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘la javob olishdi. Jumladan, joriy yil uchun to‘lov qiymatini to‘la to‘lab qo‘yganlar stipendiyasiz o‘qishni hoxlashsa to‘langan summaning ortiq qismi qaytarilishi yoki keyingi yil hisobiga o‘tkazilishi, stipendiyasiz o‘qiyotgan talabalar ham rag‘batlantirish pullarini olishi mumkinligini, to‘lov-kontraktni oyma-oy to‘lab borish  stipendiya olib o‘quvchilarga ham stipendiyasiz o‘quvchilarga ham taaluqli ekanligini bilib olishdi.

YEtakchilarning yig‘ilishida talabalarning nutq, muloqot, kiyinish madaniyati, ta’lim olish jarayonida yo‘l qo‘yayotgan nuqsonlari, uchrayotgan muammolar ham keng muhokama qilindi.

Odiljon KARIMOV,

ADTI matbuot kotibi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!