alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

GURUHLARGA TYUTORLAR BIRIKTIRILDI

21:51 24.09.2021

GURUHLARGA TYUTORLAR BIRIKTIRILDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 563-sonli «Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga nuvofiq talabalar bilan ishlash bo‘yicha «guruh murabbiyi» instituti bekor qilinib, uning o‘rniga talabalar bilan ishlaydigan «tyutorlar» amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Shu bois respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalariga tyutorlar shtati ajratildi. Andijon davlat tibbiyot institutiga ajratilgan 45 ta shtatga 100 dan ortiq hujjatlar taqdim etildi.

Yoshlar va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha prorektor M.Botirov raisligida o‘tkazilgan suhbat davomida 30 dan ortiq talabgorlar tyutorlik lavozimiga qabul qilindi. Bugun mazkur tyutorlar bilan ilk yig’ilish o’tkazildi.
Unda Yoshlar va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha prorektor M.Botirov, Xotin-qizlar masalalari kengashi raisi G.Xolmatova, ma’naviyat-ma’rifat bo’limi boshlig’i A.Abduhalimov, psixolog O’.Arziqulov hamda fakultetlarning dekan o’rinbosarlari ishtirok etdilar.


Dastavval tyutorlarga institut jamoasi tanishtirilib, tyutorlik lavoziming maqsad va vazifalari, guruhlar bilan ishlash jarayonlarida nimalarga ahamiyat qaratish lozim ekanligi tushunrib o’tildi. Shundan so’ng 1-,2-,3-bosqich guruhlariga tyutorlar biriktirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!