alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

HАR BIR YOSH BIZGA YONDOSH

05:44 28.04.2021

Shijoatli, tinim bilmas talabalarimiz yana bir manzil “Gumbaz” MFYda boʼldilar. Madaniyat oyligi doirasida tashkillanayotgan bu targʼibot ishlari Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʼtgan videoselektor yigʼilishida ta’kidlanganidek, yoshlarning boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish, ularni toʼgaraklarga jalb etish borasida amalga oshirilmoqda. Unda Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor M. Botirov hamda Maʼanaviyat va maʼrifat, yoshlar bilan ishlash boʼlimi boshligʼi А. Аbduhalimov ham ishtirok etdi.

Mahallada jami 7550 nafar aholi boʼlib, shundan 1265 nafarini yoshlar tashkil etadi. Shulardan, 28 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan.

Dastavval tadbirda Xalqaro olimpiada gʼoliblari “Yosh akademiklar” tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʼrsatish usullarini amaliy jarayonlar bilan koʼrsatib berdilar. “Yosh volontyorlar” guruhi aʼzolari sogʼlom turmush tarzi, toʼgʼri ovqatlanish hamda pandemiyaga qarshi kurashish va karantin talablariga rioya qilish boʼyicha targʼibot ishlarini olib bordilar. Shundan soʼng “Yosh gitrachilar” oʼzlarining shoʼx taronalari bilan barchaga xush kayfiyat ulashishdilar, olqishlar raqslarga ulandi. Tadbirda 110 nafardan ziyod mahalla aholisi, jumladan yoshlar ishtirok etdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!