alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Har bir buyuk insonning ortida  ayol turadi”

12:04 10.09.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan «XOTIN-QIZLARNI TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN  HIMOYA QILISH” mavzusidagi onlayn  anjuman o‘tkazildi. ZOOM dasturi orqali o‘tkazilgan tadbirda dastlab ADTI xotin-qizlar kengashi raisi, dotsent M.Djo‘rayeva “Andijon Davlat tibbiyot institutida ayollarni  zo‘ravonlikdan va  tazyiqdan  himoya  qilish borasida olib borilayotgan ishlar”mavzusida ma’ruza qildi.

Shundan so‘ng “Zo‘rlik ishlatishdan  jabr ko‘rgan shaxslarni  reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi” Andijon viloyati  markazi  rahbari X.Mirzarahimova “Zo‘ravonlikka  uchragan  xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish tamoyillari” mavzusida suhbat o‘tkazdi. Mavzu anjumanning 300 ga yaqin onlayn ishtirokchilari uchun vidolavhalar yordamida yoritildi.


Shuningdek, tadbir davomida viloyat  Adliya  boshqarmasi mutaxassisi A.Ikromov “Tazyiq va  zo‘ravonlikka  uchragan xotin-qizlarning qonuniy huquqlari”, Andijon viloti IIB boshliq o‘rinbosari G.Abduvohidova “Andijon viloyatida xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar va himoya orderlari haqida”, ADTI psixiatriya  va narkologiya  kafedrasi assistenti, psixolog N.Sarbayeva “Har bir buyuk insonning ortida  ayol turadi”, ijtimoiy-gumanitar  fanlar  kafedrasi  dotsenti B.Batirova “Oilada ayollarga zo‘ravonlikning farzand taqdiriga ta’siri”, onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi D.O‘rmanbayeva “Andijon Davlat tibbiyot instituti xotin-qizlar kengashining fakultetlar miqiyosidagi faoliyati” mavzularida ma’ruzalar qilishdi.

Tadbir ishtirokchilari ayol hamisha muqaddasligi, unga ko‘rsatilgan har qanday tazyiq va  zo‘ravonlik jazosiz qolmasligini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

Savol-javoblar bilan o‘tgan tadbir ishtirokchilarda qiziqish uyg‘otganligini ko‘rsatdi.

ADTI axbort xizmati  

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!