alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Har bir fuqaro o‘z fikriga ega

10:58 16.12.2019

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga shu yil 22-dekabr kuni bo‘ladigan saylov har bir yurtdoshimizning e’tiborida. Bu yilgi saylovlarning “Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida o‘tkazilishida chuqur ma’no bor. Mazkur saylovlarning natijasi va yakunlari yangilanayotgan O‘zbekistonning taqdiri uchun dolzarb ahamiyatga ega.

Shuning uchun ham saylovga tayyorgarlik, har bir saylovchi saylov jarayonida faol ishtirok etishini ta’milash borasida qizg‘in ish olib borilmoda. Andijon davlat tibbiyot institutida an’anviy tarzda o‘tkazilayotgan “SHukroralik” tadbiri ham talabalarning saylovga oid bilimlarini boyitishga qaratildi.

Institut asosiy binosida o‘tkazilgan “Shukronalik” tadbiri tibbiy biologiya va gistologiya kafedarsi mas’ulligida o‘tdi. Tadbirda so‘z olgan kafedra mudiri dotsent R.R.Raxmonov mamlakatimiz muhim siyosiy jarayonlar arafasida ekanligi, 22-dekabr kuni parlamentga va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga o‘tkaziladigan saylovlarda qaysi sohada faoliyat yuritishidan qat’i nazar har bir fuqaro faol ishtirok etishi lozimligini ta’kidladi.

Institut Klinikasi va 2-o‘quv binolarida o‘tgan «Shukronalik» tadbirlari ham saylovlar mavzusiga bag‘ishlandi.

Unda so‘z olganlar bugun har bir fuqaroning siyosiy ongini va dunyoqarashi o‘zgarganligi, bugun har bir fuqaro o‘z haq-huquqini yaxshi bilishi, davlat va jamiyat boshqaruvida bevosita ishtirok etishi, har qanday masalada o‘zining shaxsiy fikriga ega bo‘lishi zarurligi xususida fikr bildirdilar.

«Shukronalik» tadbirlari yakunida  O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi professor-o’qituvchilar va talabalar tomonidan kuylandi.

«Shukronalik» tadbir talaba yoshlarning saylovga oid bilimlarini yanada boyitishda alohida o‘ringa ega bo‘ldi.

ADTI axborot xizmati.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!