alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“HARBIY VATANPARVARLIK OYLIGI” DOIRASIDA

16:35 09.01.2019

        2019-yil 9-yanvar kuni  ADTI ilmiy kengashlar zalida ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan “Harbiy vatanparvarlik oyligi”ga bag‘ishlangan  tadbir tashkil etildi.Tadbirga Andijon shahridagi “N” harbiy qismdan bir guruh mehmonlar: Sharifjon Nazarov, Xondamir Axmedov, Ilhomjon  Maniyozov va Oybek Ismatovlar tashrif buyurdi.
Tadbirni institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor  A.Arziqulov  ochib, “Harbiy vatanparvarlik oyligi”ning mazmun-mohiyati haqida gapirib, yig‘ilganlarni  mehmonlar bilan  tanishtirdi.Shundan so‘ng, mehmonlardan harbiy qism katta serjanti  Sharifjon Nazarov  so‘z olib, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev  tashabbusi bilan e’lon qilingan  “Harbiy vatanparvarlik oyligi” tadbirlarining ahamiyati, bugungi kunda  Armiya bilan xalq o‘rtasidagi  hamkorlik va bog‘liqni o‘rnatish, harbiylar bilan fuqarolarning hamjihat va hamnafasligini  oshirish bilan  ona Vatanimiz mudofaasini mustahkamlashga erishish bosh maqsad ekanligini ta’kidladi.         Tadbir davomida  institut professor-o‘qituvchilari  o‘zlarini  qiziqtirgan savollariga  javoblar oldilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!