alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Harbiy xizmatchilar uchun tibbiy ko‘rik

16:25 08.01.2020

Vatanni himoya qilish har birimizning muqaddas burchimizdir. Vatan himoyachilari hamisha el ardog‘ida. Shuning uchun ham Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan an’anaviy “Vatanparvarlik oyligi” hamisha ommaviy tadbirlarga boy bo‘ldai.

Andijon davlat tibbiyot instituti harbiy kafedrasi tashabbusi bilan Andijon shahar gornizoni harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Harbiy xizmatchilarning Andijon shahridagi 19-umumiy yotoqxonasiga kafedra professor-o‘qituvchilari bilan birga “Sog‘lom avlod uchun” hayriya fondi Andijon viloyat filiali xodimlari, Andijon viloyat bolalarr ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Endokrinologiya shifoxonasi shifokorlari tashrif  buyurdilar.

“Sog‘lom avlod uchun” hayriya fondi Andijon viloyat filialining T.B.Berdirahimov rahbarigidagi tibbiy ijtimoiy xodimlari – terapevt R.Nazarova, TIB hamshiralari D.Tillaboldiyeva, F.Ramazonovalar hamda endokrinolog shifokor G.Madraximovalar 60 dan ziyod ayollar va bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bilan birga muruvvat dori-darmonlarini ham tarqatishdi. Filial shifokori K.Mamatqulova UZI apparatida bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazdi.

Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shifokorlaridan X.Mamatqulov, X.Rahmatova, M.Ahmedov, X.Qosimovlar harbiylar va ularning oila a’zolaridan 30 dan ziyod ayollar va 40 dan ziyod bolalarni ko‘z, quloq, tomoq, ginekologik kasalliklar yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rikdan o‘tkazdilar.

Harbiy hizmatchilarning oilalari uchun tashkil etilgan bepul tibbiy ko‘rik harbiy qismlarda davom ettirilishi ko‘zda tutilgan.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!