alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Hayatimizning fayzi va ko’rki…

14:39 07.03.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti 1-Umumiy amaliyot shifokorlarini tayorlash kafedrasida 8- mart – Xalqaro xotin qizlar kuniga bag`ishlangan tadbir o`tkazildi. Tadbirni kafedra mudiri t.f.d. prof. Z.S. Saloxiddinov ochib kafedra xodimalari, xotin-qizlarni bayram bilan tabrikladi.

Z.S.Saloxiddinov o’z so`zida oila va jamiyat ustuni, hayatimizning fayzi va ko’rki bo`lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga xurmat va ehtirom ko’rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadiryat bo`lib kelganligini takidladi.

Tadbirda  3-, 6-kurs talabalari, magistrlar va klinik ordinatorlar faol ishtirok etishdi. Ular tomonidan ayollarga bag`ishlangan sherlar, tabriklar ijro etilib kafedra ayollari va qizlarga  gullar sovg`a qilindi.

Shuningdek institut QVZ jamoasi tadbirda qiziqarli sahna ko`rinishlari va hazilona chiqishlari bilan ishtirok etib, tadbirga bayramona shukux bag’ishladilar.

A.Q.Soliyev,

ADTI1-UASH kafedrasi assistenti

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!