alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“HILOL” TO‘PLAMI YOSH IJODKORLAR UCHUN ENG YAXSHI IMKONIYATNI TAKLIF ETADI

14:20 04.10.2022

Siz nazm va nasrda hamda tasviriy san’at yoʻnalishida ijod qilasizmi? Balki, adabiyotshunoslikda ilmiy tadqiqot olib borayotgandirsiz? O‘z ijod na’munalaringizni va ilmiy ishlaringizni respublika miqyosidagi to‘plamda ommalashtirmoqchimisiz? “Zulfiya” yoki “Mard o‘g‘lon” kabi davlat mukofotlari, atoqli va davlat stipendiyalari, “Yil talabasi”, “Ilhom” respublika tanlovlarida ishtirok etmoqchimisiz?

Yuqoridagi savollarga bergan javobingiz “HA” bo’sa, “HILOL” to‘plami siz uchun eng yaxshi imkoniyatni taklif qiladi. Qiziqdingizmi? Demak, davom etamiz.

Siz, O‘zbekiston ijodkor yoshlarining “HILOL” nomli to‘plami III sonida o’zingizning ijod na’munalaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin.

Buning uchun loyiha mualliflari: Anvarjon Dehqonov (+998 99 910-91-51) yoki Dilfuza Eshonova (+998 94 179-74-87)ga Telegram orqali murojaat qilish imkoniyatiga egasiz.

Shuningdek, toʻplamning navbatdagi III soniga nafaqat nazm va nasrda ijod qilayotgan yoshlarimiz balki, adabiyotshunos hamda rassom yoshlarimizni ham ishtirok etishga chorlab qolamiz.

Unutmang! To’plamga o’z ijod na’munalaringizni yuborishning so’nggi kuni: 2022-yil 10-oktabr.

To’liq ma’lumotlar:

https://t.me/+wpNIIAOYhOA5ZWYy

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!