alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

HINDISTONLIK OLIM TOMONIDAN MAʼRUZA DARSLARI VA AMALIY MASHGʻULOTLAR OLIB BORILMOQDA

18:54 22.11.2021

HINDISTONLIK OLIM TOMONIDAN MAʼRUZA DARSLARI VA AMALIY MASHGʻULOTLAR OLIB BORILMOQDA

Andijon davlat tibbiyot instituti xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tajriba almashinuv darslarini amalga oshirmoqda. Onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasida hindistonlik bosh onkolog, Sarvodiya gospital va rak instituti direktori Dinesh Penkxarkar Yashvaant Rao turli maʼruzalar va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazmoqda. Bugun talabalar va magistrlar ishtirokida bemorlar kuratsiyasi hamda oʻquv mashgʻuloti olib borildi. Shuningdek, joriy yilning 23-24-noyabr kunlari olim tomonidan “Onkologiyada zamonaviy target, davolash usullari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman, 23-noyabrdan 1-dekabrga qadar 5-6-bosqich talabalariga turli mavzulardagi maʼruzalar va seminar-treninglar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.