alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“HOKIM VA BITIRUVCHILAR UCHRASHUVI”

15:45 16.06.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida “Hokim va bitiruvchilar” uchrashuvi o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S.Yusupov, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov hamda prorektorlar ishtirok etdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, bugungi kunda institutni 1271 nafar talaba bitirish arafasida. Davlatimiz rahbari raisligida oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektorida belgilab berilgan vazifalar ijrosi hamda viloyat hokimining tashabbusi bilan  1142 nafar bitiruvchilar ish bilan ta’minlangan. Hozirda ular o‘zlariga biriktirilgan tibbiyot muassasalarida oilaviy shifokor sifatida faoliyat olib bormoqdalar.

Viloyat hokimi bitiruvchilar bilan muloqot qilar ekan, ularga berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishlari, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, birlamchi tibbiy xizmatni yanada rivojlanishi uchun bor bilim va ko‘nikmalarini jalb etishlari to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi. Talabalarning mavzu borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashib, muammo va kamchliklar bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga kerakli ko‘rsatmalarni berdi. Oʻz oʻrnida yoshlar ham mana shunday imkoniyatlar uchun, ham oʻqib, ham daromad topayotganliklari uchun viloyat hokimiga minnatdorchik bildirdilar.

Shuningdek, eng faol talabalar institut tomonidan munosib taqdirlandilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!