alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Hurmatli ota-onalar!

18:19 06.07.2020

        Farzandingiz oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lish arafasida turgan shu kunlarda o‘g‘il-qizingizni o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da beruvchi firibgarlarning aldoviga uchmang!
Yashirib nima qildik, shu kunlarda o‘qishga kiritib qo‘yish uchun pora so‘rovchi “uddaburonlar” faollashib qoldi. Ular sizning ishonchingizga kirishdan, aldab-suldab pulingizni olishdan toymaydi. Ayanchlisi, hali-hanuz oramizda “test yoki ijodiy imtihoni mavjud yo‘nalishlarga pora evaziga o‘qishga kirsa bo‘lar ekan” deya, chuchvarani xom sanab yurganlar ham topiladi…
Andijon davlat tibbiyot instituti ma’muriyati qabul jarayonida shaffoflikni ta’minlash, pora yoki tanish-bilish orqali o‘qishga kirishga barham berish maqsadida qator tadbirlarni amalga oshirdi va oshirmoqda.
Muhtaram ota-onalar!
Barchamiz birgalikda yoshlarimiz kelajagi – shu orqali jonajon yurtimiz ertasi uchun mas’ul ekanligimizni unutmaylik. Bugun jamiyatimizning barcha jabhalarida korrupsiyaga qarshi keskin kurash bormoqda. Qing‘ir yo‘llar bilan o‘qishga kirgan talabadan kelgusida yaxshi mutaxassis chiqadi deb, xomtama bo‘lmang. Pora olish ham, pora berish ham jinoyat ekanligini unutmang. Jamiyatni, davlatni ich-ichidan kemiruvchi bu illatga barham berishda Siz ham ongli tarzda o‘z hissangizni qo‘shing!

 M.M. Madazimov, 

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!