alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Hurmatli qo‘shni xorijiy davlatlar OTMlaridan o‘qishini ko‘chirib kelish uchun xujjat topshirgan talabalar!

11:16 01.06.2020

Xozirgi pandemiya sharoitida Sizlar O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ADTI ga o‘qishga tavsiya etilganligingiz asosida institut rektorining farmoyishi bo‘yicha masofaviy o‘qitish tizimida taxsil olmoqdasiz.
Sizlardan masofaviy ta’limda va fanlar bo‘yicha o‘tkazilayotgan yakuniy nazoratlarda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.
Kontrakt to‘lovini amalga oshirish uchun karantin davri yakunlangach yoki Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ko‘rsatmasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 393-qaorori talablari bo‘yicha xujjatlar (akademik ma’lumotnoma, diplom yoki attestat va boshqalar) etilib, o‘qish kursi aniqlangandan so‘ng Sizlar bilan shartnoma tuziladi va kontrakt to‘lovlarini amalga oshirishingiz mumkin.
Agarda topshirilgan xujjatlarni xaqiqiy emasligi aniqlansa Siz Nizomga asosan qaysi kursda o‘qiyottganligingizdan qat’iy nazar talabalar safidan chetlashtirilishingiz to‘g‘risida ogohlantiramiz.
Kontrakt to‘lovini amalga oshirgan talabalar institut rektorining buyrug‘iga asosan talabalar safiga qabul qilinadi.
Institut qabul xay’ati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!