alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Hurmatli tadqiqotchilar, magistrlar, talabalar!

12:06 15.04.2021

Andijon davlat tibbiyot instituti 2021-yil 23-aprel kuni, Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”ga bag‘ishlangan “Tibbiyotning dolzarb muammolari – 2021” mavzusida yosh olimlar Respublika ilmiy-amaliy onlayn videokonferensiyasi o‘tkazilishini e’lon qiladi.

Anjumanda ishtirok etish uchun quyidagi yo‘nalishlarda tezislar qabul qilinadi:

1 Ichki kasalliklar;

2 Jarrohlik yo‘nalishi;

3 Onalik va bolalikni muxofaza qilish;

4 Mediko-biologik fanlar;

5 Stomatologiya yo‘nalishlari.

 

Onlayn videokonferensiyaning rasmiy tili: o‘zbek, rus tili va ingliz tillari

Ma’ruzaning talablari: Oliy ta’lim muassasasi nomi, mavzu nomi, ma’ruzachi va ilmiy rahbari F.I.Sh., 10-12 ta slayd va onlayn video ma’ruza davomiyligi 7-10 minutdan oshmasligi kerak. Agar ma’ruzalarni “ZOOM” orqali o‘qishni imkoni bo‘lmasa ma’ruzalar video-yozuv shaklida qabul qilinadi.

Tezislarniig hajmi to‘liq 1 betdan oshmasligi, Word 2003-2010 formatida, A-4 o‘lchamdagi oq qog‘ozda, qator oralig‘i 1,0 interval, yuqori va pastki chegaralari 2 sm, chap va o‘ng chegaralari mos ravishda 30 va 15 mm bo‘lishi lozim.

Material quyidagi tartibda joylanishi kerak:

Tezis nomi (Times New Roman – 12 shriftda (yo‘g‘on) va bosh xarflarda) bo‘lishi kerak.

Muallifning F.I.Sh. (Times New Roman – 12 shriftda (yo‘g‘on) bo‘lishi kerak).

Muassasa nomi tashkilot (Times New Roman – 12 shriftda (yo‘g‘on) bo‘lishi kerak).

Mavzuning dolzarbligi, maqsadi, materialar va tadqiqot usullari, tadqiqot natijalari, xulosa – (yo‘g‘on) shriftda aks etilgan holda topshiriladi.

Tezislar onlayn videokonferensiyaning “Elektron to‘plami”da chop etiladi.

Onlayn videokonferensiyada yosh olimlar, magistrlar va iqtidorli talabalarni tezislari qabul qilinadi, (muallif  tezis berayotgan vaqtida yoshi 35 dan yuqori bo‘lmasligi kerak).

Ilmiy ishlarni tanlab olishda ularning dolzarbligiga, maqsad va vazifalarining aniq belgilanganligi va xulosalarning isbotlanganligi va boshqa bir qator jihatlarga e’tibor beriladi.

Tezislar quyidagi manzilga yuborilishi kerak:

170127, Andijon shaxar, Yusuf Otabekov ko‘chasi 1-uy. ADTI.

Bustanov Sherzodbek Yakubovich murojaat uchun t.r: + 998 97 233 50 04.

Ma’ruza va tezislar + 998 97 233 50 04 telegram nomerga va bustanov86@bk.ru elektron manziliga yuborishingiz mumkun.

(yosh olimlar onlayn videokonferensiyasiga deb ko‘rsatilishi lozim va fayllar ko`rinishi quyidagi tartibda beriladi – Bektashev I.B. №1.doc, Bektashev I.B. №2.doc).

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!