alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“I Andijon Talaba yoshlar Xalqaro forumi” ishtirokchilari Andijon davlat tibbiyot institutida

12:26 19.11.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtlaridan samarali foydalanish, madaniyat va san’at, sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, kitobxonlik va kitob mutoalasiga samarali jalb etish hamda chet davlatlar va boshqa viloyatlar yoshlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Andijon viloyatida “Yurtboshimiz tashabbusiga – tashabbus bilan javob beramiz!” shiori ostida “ I Andijon Talaba yoshlar Xalqaro forumi” o‘tkazilmoqda.


Yoshlarning katta anjumani ishtirokchilarini viloyatimiz yoshlari Andijon vakzalida ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib oldilar.


Xalqaro forumida respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalaridagi 250 dan ziyod faol va iqtidorli talabalar, shuningdek, qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidan ham yoshlar qatnashmoqda.


Mamlakatimiz yoshlar uchun mana shunday xalqaro anjumanni birinchi bo‘lib Andijondan boshlanayotganligidan viloyatimiz yoshlari cheksiz quvonchdalar. Chunki Prezidetimiz tomonidan yoshlarga ko‘rasatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklarga javoban viloyatimiz yoshlari ilm-fan, san’at, sport sohalarida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishmoqdalarki, bu bilan har qancha faxrlansak arziydi, yutuqlarimizni nafaqat respublikaga, balki butun dunyoga ko‘rsatgimiz keladi.


Forum ishtirokchilari Bog‘i Bobur bog‘ida bo‘lishib, muzey hamda yangi qurilgan masjit binosini tomosha qilishdi. Andijon “Hayvonot bog‘i”ga sayohat uyushtirildi. “Mustaqillikning 27 yilligi” mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari ham yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.


Xonobod shahrining so‘lim Kampirrovot mahallasida joylashgan “Olovuddin” bolalar yozgi dam olish oromgohida bayram tadbiri tashkil etildi. O‘yin-kulgu bilan gulxan atrofida o‘tgan tadbirda Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etdi va yoshlarni bayram bilan tabrikladi, yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yoshlarimiz erishayotgan yutuqlar, ulardan kutilayotgan yangi-yangi g‘alabalar hususida so‘z yuritdi.


Andijon shahridagi muhtasham Yoshlar markazida “Talaba yoshlar Xalqaro forumi”ning asosiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Andijon viloyat hokimi Sh.Q.Abdurahmonov ishtirok etdi. Anjuman ishtirokchilari talaba-yoshlar oldida turgan maqsad va vazifalarni muhokama qilib oldilar.
Shundan so‘ng Forum ishtirokchilari joylarda viloyatimiz yoshlari hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, Andijon davlat tibbiyot institutida ham bo‘lishdi.


Mehmonlarni institut rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor M.M.Madazimov boshchiligida institut talabalari bayramona kutib oldilar.


Viloyatimiz talaba-yoshlari qatorida Andijon davlat tibbiyot instituti talabalarining respublika va xalqaro miqyosdagi yutuqlari ham alohida o‘ringa ega. Institut rektori M.M.Madazimov talaba yoshlarni institut tarixi va ayni paytdagi faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi.


Andijon davlat tibbiyot instituti hozirgi kunda 40 dan ziyod xorijiy tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Barcha xorijiy hamkorlar institut talabalarining bilim va kasbiy mahoratlariga yuqori baho berishmoqda. Shuni faxr bilan aytish kerakki, Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Osiyo, Yevropa davlatlarida o‘tkazilayotgan xalqaro olipiadalarda faxrli 1-, 2-o‘rinlarni qo‘ldan bermay kelishmoqda.


Yoshlarimizning bilim va iqtidorlarini namoyon etishlari uchun institutida barcha sharoitlar yaratilgan. “Talaba yoshlar Xalqaro forumi” ishtirokchilari institut faoliyati bilan tanishish davomida bunga ishonch hosil qildilar.
– Men Toshkent Davlat Tibbiyot Akademiyasining 3-bosqich talabasi Shahzodbek Shamsiyev bo‘laman, – dedi biz bilan suhbatda Forum ishtirokchilaridan biri. – Andijon davlat tibbiyot institutida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib juda xursand bo‘ldim. Ayniqsa, sumilatsion markaz, unda olib borilayotgan mashg‘ulotlarni juda qiziqish bilan o‘rgandik. Institut talabalari bilan aloqlarimizni kelajakda yanada mustahkamlaymiz. 6 dekabr kuni institutda o‘tkaziladigan yosh olimlar konferensiyasida ham ishtirok etish umididaman.


Forum ishtirokchilari o‘quv zallari, Axborot texnologiyalari markazi bilan tanishdilar.


Kengashlar zalida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda institut tarixiga oid videorolikni tamosha qildilar.



Mehmonlarga institut hayoti va faoliyatiga oid elektron disk, albomlardan iborat esdalik sovg‘alari taqdim etildi.



Ishtirokchilar samimiy, bayramona qabul uchun institut jamoasiga minnatdorchilik bildirdilar.


“ I Andijon Talaba yoshlar Xalqaro forumi” yoshlarga unutilmas lahzalarni bahsh etmoqda.

Odiljon Karimov,
ADTI matbuot kotibi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!