(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“IBN SINO IZDOSHLARI” ENDI SAMARQANDDA

12:14 07.04.2021

Tajriba almashinuvlari amaliyotda yaxshi natija beradi. Bizning “Ibn Sino izdoshlari” jamoa a’zolarimiz bu gal Samarqand davlat tibbiyot institutida bo‘ldilar. Ham tajriba oshirish, ham ziyorat deganlaridek.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Ibn Sino izdoshlari” jamoa a’zolari Samarqand davlat tibbiyot institutida bo‘ldilar. Ular simulyatsion ta’lim asosida “Favqulodda tez tibbiy yordam ko‘rsatish” bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazdilar.

Yurak-o‘pka reanimatsiya asoslari, desmurgiya, o‘tkir zaharlanishda birinchi yordam ko‘rsatish, favqulodda vaziyatlarda birinchi yordam ko‘rsatish borasida darslar tashkil etdilar. Ularning bu amaliy mashg‘ulotlardagi faolliklari mezbonlar tomonidan iliq qarshi olindi.