Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Ichki kasalliklar, kardiologiya va tez tibbiy yordam kafedrasi

Kafedra mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor O’zbekiston Tabobat Akademiyasining
Аkademigi
MAMASOLIEV NE’MATJON SOLIYEVICH
Ish vaqti: 8:00 – 15:00.
Tel: +998906258346
e-mail: prof. mamasоliyev.ns@mail.ru

VRACHLAR MALAKASINI OSHIRISH VA QAYTA TAYYORLASH FAKUL’TЕTI ICHKI KASALLIKLAR, KARDIOLOGIYA VA TEZ TIBBIY YORDAM KAFЕDRASI TARIXI VA FAOLIYATI

Kafedra 1984-yilda ochilgan, turli yillarda dotsent Z.I.Xasanova va professor T.Z.Jumaboevlar kafedra mudiri lavozimida ishlashgan. 2011 – yildan kafedra mudirligiga tibbiyot fanlari doktori, professor Ne’matjon Solievich Mamasoliev tasdiqlangan. Jamoada yetuk mutaxassis-kadrlar shakllantirilgan va faoliyat ko‘rsatib, mamlakatimiz hamda hamdo‘stlik davlatlari miqyosida shuhrat qozongan, O’zbekiston Tabobat Akademiyasi haqiqiy a’zoligiga saylangan (2018). Kafedra mudiri N.S.Mamasoliev mamlakatimizdava MDH da tanilgan olim, VDNX bronza medali (1979) sovrindori bo‘lgan, “Mustaqillik” nishoni medali (1991 va 2006 yy) va bir necha marta Andijon viloyati hokimi hamda Sog‘liqni saqlash Vazirining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. 2013- yili O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash a’lochisi medali bilan mukofotlangan. Jahonda taniqli rus kardiologiya maktabini o‘tagan va RF Moskva kardiologiya ilmiy markazida nomzodlik hamda doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan. 1988-yildan tibbiyot fanlari doktori, professor. Olim “Profilaktik tibbiyot ilmiy maktabini” O‘zbekistonda ilk bor yaratgan va uning atrofida yuqori malakali mutaxassis ilmiy kadrlarni to‘plab, mamlakatimiz fanini rivojlanishiga ulkan hissasini qo‘shgan. Alohida yutuqlari: «2017 yilning eng yahshi professori» ko’rik tanlovi g’olibi (O’zRSSV buyrug’i bilan), Rossiya FGU NII FXM eng yahshi ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha konkurs laureati – 3 darajali diplom sovrindori (Moskva, 2010), «Eng yahshi kafedra mudiri» tanlovi g’olibi (2013), O’quv-uslubiy yo’nalish bo’yicha tanlov g’olibi (2017). N.S.Mamasoliev ilmiy rahbarligida deyarli dunyoda ikkinchi (AQSH dagi Framingem epidemiologik tekshiruvidan keyin) uzoq muddatli (42 yillik epidemiologik tekshiruvlarni),turli shaklli va mohiyatli epidemiologik tadqiqotlar O‘zbekiston sharoitida tashkil etilgan, o‘tkazilgan va amaliyotga tatbiq qilingan ularning natijalari 17 ta yangi ilmiy-amaliy topilma tarzida joriy qilingan. Uning rahbarligi va ilmiy maslahatchiligi bilan 99 ta dissertatsiya (24 ta doktorlik va 75 ta nomzodlik) tayyorlangan, shundan 43 tasi himoya qilingan. Olim 4013 ta ilmiy ishlar chop ettirib, MDH ko‘lamida eng yuqori natija ko‘rsatgan, bular: 19 ta darslik, 56 та o‘quv qo‘llanmalari, 22 ta monografiya (hammualiflikda), 609 ta ilmiy-uslubiy tavsiyanomalardir va ixtiboslik ko’rsatkichi 60 tadan yuqori. O‘zbekiston ilm-fanini xalqaro miqyosga olib chiqishda, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlab berishda, amaliy tibbiyotga zamonaviy standart va texnologiyalarni kiritishda o‘ta faollik ko‘rsatgan. Ko‘plab jamoat ishlarida – ixtisoslashgan kengash a’zosi, OAK eksperti, muammolar hay’ati raisi, bir nechta jurnallar (jumladan, xalqaro miqyosdagi) hay’ati a’zosi, terapevtlar ilmiy jamiyati raisi, turli yillarda institut 1 prorektori, davolash ishlari, ilmiy ishlar hamda tashqi aloqalar bo‘yicha prorektor lavozimlarida faoliyat olib borib, ibratli inson, tashabbuskor, fanga fidoiy olim, yoshlarga ustoz va talabalarga murabbiy sifatida hurmatga sazovor bo‘lgan. Zamonaviy ilmiy manbalar, klinik tavsiyanomalar, o‘quv adabiyotlari, ilmiy va amaliy tibbiyotning eng yangi yutuqlari durdonalarini to‘plab o‘quvchi kursantlarga etkazadi. Kafedrada 16 ta ilmiy yo‘nalish belgilangan va bu yo‘nalishlar bo‘yicha profilaktik, klinik, ekologik, klimatopatologik va farmako-epidemiologik tadqiqotlar olib boriladi. Kafedrada 4 mingdan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan. Davlat ilmiy dasturlari bajarilgan. Faqat oxirgi yilning o‘zida 5 ta darslik va 12 ta o‘quv qo‘llanma yaratilib chop etilgan. Hozirgi paytda kafedra 31 mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik olib bormoqda. Jamoaning ilmiy natijalari bo‘lib fanda ilk bora aksariyat yurak-tomir va surunkali noinfeksion kasalliklarning qator etiologik yangi va endemik xatar omillari ochilgan holda tasdiqlab berildi. Kafedra rahbarligida zamonaviy profilaktik tibbiyotga asos solinib, mamlakat fani ravnaqiga sezilarli hissasini qo‘shayotgan va tan olingan ilmiy maktab yaratilgan. Ushbu maktab Respublikaning turli viloyatlari davolash muassasalari va ilmiy markazlariga kadrlar tayyorlab bergan, tayyorlab bermoqda. Kafedra Evropa kardiologiya jamiyati, Ukrainaning Kiev va Zaporoje tibbiyot universiteti, Rossiya Kardiologiya ilmiy jamiyati, ko‘plab ilmiy tadqiqot institutlari hamda oliy o‘quv yurtlari bilan, Turkiyzabon davlatlar kardiologiya assotsiatsiyasi, Markaziy Osiyo hamda Hamdo‘stlik mamlakatlari kardiologlari assotsiatsiyalari bilan uzviy hamkorlik o‘rnatgan, mamlakatning barcha tibbiy ilmiy markazlari, oliygohlari hamda Qirg‘iziston milliy kardiologiya va terapiya markazi bilan doimiy ilmiy aloqada bo‘lib keladi. Rossiya Federatsiyasining Noinfeksion kasalliklar profilaktikasi davlat ilmiy markazi (Moskva) olimlari va mutaxassislari bilan uzviy aloqa o‘rnatilgan, hamkorlik qilinmoqda. Farg‘ona vodiysi ko‘lamida terapiya xizmatini takomillashtirib borishishlariga doimiy otaliq yordami ko‘rsatildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!