Andijon Davlat Tibbiyot Instituti
Ichki kasalliklar propedevtikasi
kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent
Yuldashev Rafikjan Numanovich
Qabul vaqti: xar kuni soat 14-20 dan soat 17-00 gacha
Telefon nomeri: +998916147280
E-mail: yuldashev_1958@mail.ru
Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi 1957-yili Viloyat klinik shifoxonasining 120 ta oʻringa moʻljallangan ichki kasalliklar boʻlimida tashkil qilingan. Unga mudir etib, tibbiyot fanlari nomzodi V. A. Arustamyan tayinlangan. Kafedrada tibbiyot fanlari nomzodi A.A.Boltaboev, assistentlardan O.G.Morozova, E.N.Konstantinovva N.A.Alimovalar ishlaganlar. Oʻsha paytda Samarqand Davlat tibbiyot instituti dosenti A.Ya.Malyar talabalarga 2 xafta davomida koʻrgazmali maʼruzalar oʻqib bergan. Shundan soʻng, maʼruzalarni kafedra mudiri, t.f.n. V.A.Arustamyan oʻqiy boshlagan. 1958-1959-yillari kafedrani professor G.M.Efendiev boshqargan. U bir paytning oʻzida fakultativ terapiya kafedrasini xam mudiri xisoblangan. 1959-yilning avgust oyidan boshlab kafedraga dosent B.I.Soybel mudir etib tayinlangan. Bu paytda kafedra 60 oʻrinli 1-shaxar shifoxonasida faoliyat koʻrsatgan. Yildan yilga kafedra aʼzolari soni orta boshlagan. Kafedraga dosent Sh.K.Botirov, assistentlardan S.S.Medvedeva, Z.I.Xasanovalar kelib qoʻshilgan. 1961-1972-yillari kafedra shaxardagi temir yoʻl shifoxonasining 60 oʻrinli ichki kasalliklar boʻlimida faoliyat koʻrsata boshlagan. Shu erda kafedraga assistentlar L.X. Ilyosov, I.A.Ali-Zade, A.D.Skvorsova, G.N.Yushina, S.Yu.Tursunov, Z.S.Velmizovalar ishga qabul qilingan. Shu yillar davomida kafedrada kardiologiya boʻyicha keng koʻlamda ilmiy ishlar olib borilgan. Natijada kafedra mudiri dosent B.I.Soybel doktorlik va assistentlardan E.N.Konstantinov, Z.I.Xasanova, S.Yu.Tursunovlar nomzodlik dissertatsiyalarini ximoya qilganlar. 1972-1975-yillari esa kafedraga professor I.F.Fatxullaev raxbarlik qilgan. Bu paytda kafedra viloyat shifoxonasining 120 oʻrinli ichki kasalliklar boʻlimida joylashgan.