alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Ijodkor talabalar taqdimoti

16:10 29.11.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi tashabbusi bilan institut ma’ruzalar zalida “Besh muhim tashabbus – ertamiz egalari istiqboli yo‘lida” shiori ostida “Tibbiy ta’lim sistemasida biologiyaning o’rni” mavzusida konferensiya bo’lib o’tadi.

Talabalarning mavzuga ijodiy yondashuvini ta’minlashga qaratilgan mazkur konferensiyada  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘i A.Sultonov, “Andijonnoma” gazetasi bo‘lim boshlig‘i N.Ikromov, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Mehmonlar mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus mazmun-mohiyatida komil insonni tarbiyalash turganligi, kitobxonlik, adabiyot, san’atga mehr qo‘ygan insonning qalbi ezgulikka to‘lishi, har bir ishga ijodiy yondashuv muvaffaqiyatlar garovi ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.

Jurnalist va shoir N.Ikromov hamda  Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi shoira qizlari konferensiya ishtirokchilariga o‘zlarining Vatan, ona, yoshlik, sevgi-muhabbat mavzularidagi yangi she’rlaridan, shuningdek, M.Yusuf ijodidan namunalar o‘qib berishdi.


Ijodkor talabalar raqs, qo‘shiqlar ijro etishdi. SHundan so‘ng, “Tibbiy ta’lim sistemasida biologiyaning o’rni” mavzusida taqdimotlar o‘tkazildi. Mavzuni yoritishda axborot texnologiyalaridan unumli foydalangan talabalarning taqdimotlari qiziqish bilan kutib olindi.


“Tibbiy ta’lim sistemasida biologiyaning o’rni” mavzusidagi konferensiyada talabalar tibbiyot sohasidagi o‘z bilimlarini ko‘rsatish bilan birga adabiyot, san’at, axborot texnologiyalari bo‘yicha mahratlarini ham namoyon etishdi.

ADTI axborot xizmati  

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!