alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

IJTIMOIY-GUMANITAR KAFEDRASI TOMONIDAN “BOSH QOMUSIMIZGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA”GI KONSTITUTSIYAVIY QONUN LOYIHASI MUHOKAMASIGA BAG‘ISHLANGAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

14:53 28.06.2022

Andijon davlat tibbiyot institutining 2-o‘quv binosida Ijtimoiy gumanitar kafedrasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Unda kafedraning professor-o‘qituvchilari bir qator kafedra xodimlari va professor-o‘qituvchilariga ma’lumotlar berib o‘tdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari Kengashlarining Qo‘shma qarori bilan tuzilgan Konstitutsiyaviy komissiyaga o‘tgan bir oy davomida kelib tushgan 60 mingdan ortiq takliflar asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga doir konstitutsiyaviy qonunlar loyihalari joriy yil 24 iyun kuni Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqildi.

Konstitutsiyaviy qonunlar loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilinib, yagona “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasiga birlashtirildi.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi Bosh qomusimizning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritilmoqda.

Mazkur tadbir davomida kafedra xodimlari kiritilgan o‘zgarttirishlarning mazmun-mohiyati, asosi, “inson – jamiyat – davlat”, “Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” degan tamoyillari maqsad qilinganligi haqida tushunchalar berib o‘tdilar.

Tadbir har bir kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!