(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

IJTIMOIY TАRMOQLАRDАGI XАBАRLАRGА MUNOSАBАT

18:36 04.05.2021

Ijtimoiy tarmoqlarda “Аndijon davlat tibbiyot instituti xodimi roʼmolli qizlarning roʼmolini yechib olyapti” qabilidagi xabar va rasmlar tarqalgan edi. Bunga javoban turli izohlar qoldirilayotganini inobatga olgan holda АDTI matbuot xizmati holat yuzasidan javob berishni lozim topdi.

Аndijon davlat tibbiyot instituti nafaqat respublikada, balki xalqaro davlatlar tibbiyot oliy oʼquv yurtlari orasida oʼz nufuziga ega. Taʼlim jarayonlari va tartib-qoidalar Sogʼliqni saqlash vazirligining 34-sonli buyrugʼiga asosan olib boriladi. Institutda Simulyatsion oʼquv markazi mavjud boʼlib, u yerda talabalar amaliy dars jarayonlarida ishtirok etadilar. Bu dars jarayonlariga esa talabalardan tortib, professor-oʼqituvchilar ham buyruqqa asosan qalpoqcha, dokadan tayyorlangan roʼmol, tibbiyot xalati va oyoqlariga baxilla kiyib kirishlari lozim. Darsdan soʼng esa barcha talabalar oʼzlarining kiyimlarini kiyib chiqishlari mumkin.

Qolaversa, institut binosiga kirayotgan har bir kishi navbatchi nazoratidan oʼtadilar. Talabalar va xodimlar karantin qoidalariga amal qilgan holda institut binosiga kiradilar. Yuqoridagi holatda ham talaba-qizlar navbatchi nazoratidan oʼtganlar.

Yana bir izoh: agar rasmlarga eʼtibor qaratadigan boʼlsak, bu yerda biror qizning roʼmoli majburan yechdirilayotgani koʼrsatilmagan. Shunchaki nazoratdan oʼtkazilayotgan tasvirlar.

Umuman olganda, instiut rahbariyati qizlarning roʼmol oʼrashini hech qachon taʼqiqlamagan yoki taʼqiqlamaydi ham. Karantin qoidalari va Sogʼliqni saqlash vazirligi buyruqlariga amal qilishlari soʼraladi. Goʼzal va oqila qizlarimizga esa roʼmollarini buvijon va onaxonlarimiz kabi oʼzbekona qilib oʼrashlarini taklif etamiz.