alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

IKKINCHI MUTAXASSISLIKKA KIRISH IMTIHONLARI BO’LIB O’TDI

13:51 30.08.2019

2019- yil 30-avgust kuni  Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida  ikkinchi mutaxassislikka kirish uchun  imtihonlari  bo’lib o’tdi.

Imtihonlar  O’zbekiston Respublikasi  ta’lim muassasalarida  ikkinchi va undan  keyingi ta’limni  O’zbekiston Respublikasi  ta’lim muassasalariga  qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasining 2008-yil 13-avgustdagi 15-son bayonnomasi bo’yicha  tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi  Adliya vazirligida  2008-yil 21-avgust  kuni 1844–son bilan ro’yxatga olingan “O’zbekiston Respublikasi  ta’lim muassasalarida  ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi to’g’risidagi nizom“ga muvofiq  o’tkazildi.

Institut rektori M.Madazimov  imtihonlardan oldin  abituriyentlarni  yig’ib, tartib–qoidalar va adolatlilik mezonlari haqida tushuncha berdi,  barchaga omad tiladi.

Shundan so’ng, imtihonlar boshlandi. Dastlab    test savollari  solingan konvert   abituriyentlar guvohligida ochildi. Imtihonlarni  institut rektori M.Madazimov, qabul komissiyasi mas’uli S.Salohiddinov, ilmiy bo’lim boshlig’i G.Mamatxodjaeva  va institut profeesoro’qituvchilari kuzatib bordilar.

Ikkinchi mutaxassislikka kirish istagidagi  yigit-qizlar navbat bilan belgilangan vaqt oralig’ida  test sinovlarini topshirdilar. Test sinovlari tartibli va xolis  tarzda o’tkazildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!