alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ILM INSONNI KOMILIKKА YETАKLАYDI

16:29 02.04.2021

Ilmiy kengashlar zalida “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida “Ilmdan boshqa najot yoʼq va boʼlmagay” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarni Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor M. Botirov ochib berdi.

Dunyo tan olgan ota-bobolarimiz ilm izlash hikmatlari, ularning biz avlodlarga qoldirgan ilmiy meroslari xususida oʼz fikr-mulohazalarini bildirdi. Viloyat IIB Tergov boshqarmasi tergovchisi, mayor Ya. Mahmudov, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boʼlimi boshligʼi, mayor S. Hakimov talabalarga internet tarmogʼidan faqat samarali foydalanish haqida, yot gʼoyalar taʼsiriga tushib qolgan yoshlar oʼz kelajaklariga rahna solayotganliklari va bu kabi salbiy illatlarga qarshi olib borilayotgan amaliy ishlar xususida maʼruza qildi.

Shuningdek, viloyat Sayyid Muhyiddin maxdum islom bilim yurti mudarrisi dunyoviy va diniy ilmlarni olish har bir inson uchun farzligi, insoniy fazilatlar, taʼlim olish dargohlarida kiyinish odobiga rioya qilinishi borasida ham oʼz mulohazalarini bildirib oʼtdi.

Tadbir davomida talabalar ham mavzu borasida oʼz fikrlarini bildirdilar. Farmatsevtika yoʼnalishining 4-bosqich talabasi D. Xoldorova, Stomatologiya fakultetining 2-bosqich talabasi M. Valiyevning savollariga mutaxassislar atroflicha javob berdilar. Tadbir baxs va munozaralarga boy oʼtdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!