alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“ILMDAN BOSHQA NAJOT YO‘Q VA BO’LMAGAY”

11:54 29.03.2021

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 16-martdagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Ilmiy kengashlar zalida “Ilmdan o’zga najot yo‘q” shiori ostida O‘zbekiston qahramoni tibbiyot fanlari doktori, professor, AQSh oftalmologlari akademiyasining xalqaro a’zosi, Rossiya tibbiyot texnika fanlari akademiyasining xaqiqiy a’zosi Rahmon Muhamadiyev bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv avvalida Ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘yicha prorektor G‘. Xojimatov professor bilan talabalarni tanishtirdi.  Muhamadiyev  Raxman Omanovich  yaratgan  ksenotransplantat 12 dan ortiq  ko‘z  kasalliklarini davolashda  juda  yaxshi samara berganligi uchun 2004 -yilda  Germaniyaning  Gonnover shahridagi  butun jahon tibbiyot  vositalari  ko‘rgazmasida  namoyish etgan.  2005 -yilda  AQSh da chop eilgan  “Bu dunyoda kim  o‘zi kim” butun jahon ensiklopediyasiga kiritilgan. 2006-yilda  Angliyaning  Kembridj ilmiy markazi  tanlovida  dunyoda eng yaxshi vrach  nominatsiyasi g‘olibi bo‘lib, oltin medal  bilan mukofotlangan. 1999-va 2004-yillarda  O‘zbekiston Respublikasi Oiy Majlisi deputatligiga  saylangan. 2016- yilda professor unvonini olgan. 300 ga  yaqin ilmiy maqolalar chop  qilgan. 23 ta ixtirolar (shulardan 20 tasi Rossiyada qayd etilgan), 9 ta  o‘quv  qo‘llanma, 3 ta monografiya va 2 ta  Oftalmologiyadan  o‘quv darsliklarning muallifi. 2020-yilda Oliy talim muassasalari  talabalari uchun  oxirgi 100  yilda birinchi bor rus tilida  darslik  va oxirgi 24 yil ichida  o‘zbek  lotin alifbosida  Oftalmologiyadan darslik chop  qilgan.

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor M. Botirov hamda Oftalmologiya kafedrasining magistranti Sh. Nizamova ham  so‘z olib, olimning qilgan izlanishlari va darsliklari talabalarimizning puxta bilim olishlari uchun dasturiamal bo‘layotganini ta’kidlab o‘tdilar.

Shusndan so‘ng O‘zbekiston qahramoni tibbiyot fanlari doktori, professor, AQSh oftalmologlari akademiyasining xalqaro a’zosi, Rossiya tibbiyot texnika fanlari akademiyasining txaqiqiy a’zosi Rahmon Muhamadiyev so‘zga chiqib talablarga o‘zining tadqiqot va ilmiy ishlari borasida ma’lumotlar berib o‘tdi. Tanlagan sohasida yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishda faqat izlanish va harakatdan to‘xtab qolmaslik borasida talabalarga tavsiyalar berdi. Eng faol talabalarga olim tomonidan kitoblar taqdim etildi.