Ilmiy ishlar samaradorligini oshirish yo‘lida

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti bilan hamkorlikda Respublika oliy ta’lim muassasalarida talaba-yoshlarning “startup” – loyihalari tanlovini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektordagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimov ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh olimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, stajyor-tadqiqotchilar va ularning ilmiy rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Andijon viloyat boshqarmasi xodimi Bahodirjon Sodiqov hamda “Yuksalish” umummilliy harakati Andijon viloyati mintaqaviy bo‘limi rahbari Sadbarxon Mamitovalar ishtirok etishdi.

Ilmiy ishlar samardorligini oshirish masalasiga qaratilgan uchrashuvda “Yuksalish” umummilliy harakati Andijon viloyati mintaqaviy bo‘limi rahbari Sadbarxon Mamitova so‘zga chiqib “Yuksalish” umummilliy harakati maqsad, vazifalari haqida ma’lumot berar ekan, harakat O‘zbekiston taraqqiyotiga befarq bo‘lmagan barcha fuqarolarni, olimlar, iqtidorli yoshlar vakillarini amalga oshirilayotgan islohotlar atrofida ixtiyoriylik asosida birlashtirishganligi ta’kildab o‘tdi. Harakat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasiga asosan zamonaviy hamda yuksak salohiyatga ega mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, jamiyatning intellektual zahirasini shakllantirish borasida o‘z oldiga qo‘ygan vazifalar xususida so‘z yuritdi va ilmiy izlanishlarni olib borishda hamkorlik qilishga chaqirdi.

Uchrashuv davomida mavzuga oid videorolik namoyish etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Andijon viloyat boshqarmasi xodimi Bahodirjon Sodiqov iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, ilmiy ishlarning bajarish jarayonida e’tibor qartaish zarur jihatlar xususida so‘z yuritdi va har bir ilmiy izlanuvchi bilan tanlagan mavzulari yuzasidan birma-bir suhbatda bo‘ldi. Fikr, tajriba almashish maqsadi startap dasturida ilmiy ishlar olib borayotgan yosh olimlar o‘z ishlari bilan tanishtirdilar.

Uchrashuv davomida “Startap Tashabbuslari” dasturida ishtirok etish talablari haqida ma’lumotlar berildi, ilmiy ishlar sifatini oshirish va ko‘lamining kengaytirish borasida fikrlar bildirildi.

  G.N.Mamatxujaeva

ADTI ilmiy bo‘limi  boshlig‘i

105