alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ILMIY IZLANUVCHILARIMIZNING XALQARO ILMIY ANJUMANIDAGI ISHTIROKI

09:03 19.03.2021

Bugun Rossiya federatsiyasining yetakchi tashkilotchilaridan bo’lgan – Anatomlar, Gistologlar va embriologlar ilmiy tibbiy jamiyati, Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universiteti, Xalqlar do’stligi Rossiya universiteti hamda Qirg’iziston Respublikasi Osh davlat universiteti va Andijon davlat tibbiyot instituti ishtirokida tashkil etilgan “Fundamental va amaliy tibbiy tadqiqotlarning kliniko-morfologik aspektlari” mavzisida xalqaro ilmiy konferensiya bo’lib o’tdi.

Dastavval ilmiy ishlar bo’yicha prorektor G. Xojimatov konferensiya ishtirokchilarini Navro’zi olam bilan tabrikladi. Tashkiliy qo’mita a`zolari orasida Anatomiya va klinik anatomiya kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent Z. Qahhorov ishtirok etgan konferensiyada tirishqoq ilmiy izlanuvchilarimizdan M. Abdumuxtarova hamda G.Soipovalar o’zlari olib borayotgan tadqiqotlari natijalari borasidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Xalqaro ilmiy anjuman ishtirokchilarga morfologik fanlar bo’yicha ham ilmiy, ham pedagogik jihatdan chinakam maktab bo’ldi desak, mubolag’a bo’lmaydi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!