alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Ilmiy Kengash muhokamasidagi masalalar

16:14 27.11.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengash ishini institut rektori tibbiyot fanlari doktori, professor M.M.Madazimov olib bordi.

Kengash raisi yig‘ilish kun tartibi bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng ilmiy ishlarini himoya qilgan xodimlarni e’lon qildi va ularni tabriklab kelgusi ishlariga muvaffaqqiyatlar tiladi. SHungdek institut olimlari tomonidan chop etilgan monografiyalar bilan tanishtirdi.


Ilmiy kengash kun tartibidagi birinchi masala – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va noyabr oyida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar to‘g‘risida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.X.Asxanov ma’ruza qildi.


Ma’ruza yuzasidan so‘z olgan Kengash raisi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kafedralar doirasida yanada jonlantirish, mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlarga institut hududiga yaqin mahallalardagi uyushmagan yoshlarni ham jalb etish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.


Shundan so‘ng institut delegatsiyasilarining Germaniya va Portugaliya davlatlari oliy ta’lim muassasalariga tashrifi bo‘yicha hisobotlari tinglandi.


Kengash ishida 2019-yilda xorijiy va respublika oliy ta’lim muassasalari qoshidagi  malaka oshirish markazlarida institut rahbar kadrlari va professor-o‘qituvchilarining malaka oshirish va qayta tayyorlash holati, ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida qabul qilingan qonun, professor-o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan ilmiy mahsulotlar bo‘yicha qo‘yilgan masalalar ham muhokama qilindi.


Yig‘ilish davomida bo‘sh lavozimlarga nomzodlarning tanlov asosida saylovi o‘tkazildi. Ilmiy Kengash muhokamasida bo‘lgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!