alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ILMIY KENGASH YIG‘ILISHI: MA’RUZALAR, MUHOKAMALAR, TAQDIRLASHLAR

16:55 23.03.2023

Andijon davlat tibbiyot institutida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Ilmiy kengash yig‘ilishi dastlab, ilmiy darajaga erishgan, milliy hamda xalqaro ko‘rik-tanlov va olimpiadalarda faol ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarni taqdirlash bilan boshlandi.

Shundan so‘ng, institut rektori M.Madazimov joriy yilning 30-aprel kuni o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining referendumi hamda undagi o‘zgarish va qo‘shimchalar haqida aytib o‘tdi. Referendum jarayonlarida faol bo‘lishga chaqirdi.

 

Yig‘ilish kun tartibidan fakultetlarda kuzgi semestr yakunlari, Professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuvi hamda talaba-qizlar o‘rtasida olib borilayotgan ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha mas’ullarning ma’ruzalari tinglandi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida  ilmiy axborotlar tinglandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!