alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Ilmiy kengash yig‘ilishida muhim vazifalar belgilab berildi

15:52 26.04.2019

2019- yil 26- aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni institut rektori M.Madazimov ochib, avvalo institutda erishilgan yutuqlar, ilmiy yangiliklarni e’lon qildi.

So‘ngra, Dog‘iston Respublikasi, Stavropol va Astraxan shaharlarida o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada g‘olib bo‘lib kelgan talabalarga  tantanali ravishda gullar,sertifikatlar va pul mukofotlari topshirildi.

Shuningdek, «Eng yaxshi spektakl» nominatsiyasi bo‘yicha mintaqaviy festivalda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ADTIning “Shifokorlar” teatr jamoasi ham taqdirlandi.

Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, professor A.Arziqulov,ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, professor G‘.Xodjimatov, umumiy jarrohlik kafedrasi mudiri, professor X.Musashayxov, ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, dotsent G‘.To‘ychiev va ishlar bo‘limi boshlig‘i Z.Mamajonovlarning ma’ruzalari tinglandi. Ko‘rilgan  masalalar yuzasidan tegishli xulosalar qilinib, muhim qarorlar qabul qilindi.

Ma’ruzalar bo‘yicha savol-javoblar va muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, kelgusidagi bajariladigan ishlar yuzasidan  vazifalar belgilab olindi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!