alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ILMIY TАDQIQOT ISHLАRI E’TIBOR VА NАZORАTDА

17:53 05.07.2021

ILMIY TАDQIQOT ISHLАRI E’TIBOR VА NАZORАTDА

Bugun ilmiy kengashlar zalida Innovatsion rivojlanish vazirligi Аndijon viloyati xududiy boshqarmasi vakillari hamda ilmiy-tadqiqotchilar, professor-oʼqituvchilar ishtirokida davra suhbati oʼtkazildi. Unda Innovatsion rivojlanish vazirligi viloyat xududiy boshqarmasi vakillari M. Madazimov va S. Komilov ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi qarorining 18-bandiga muvofiq kimyo va biologiya yoʼnalishidagi ilmiy-texnik muammolar yechimiga yoʼnaltirilgan, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturi ijrosini taʼminlash, bu borada amalga oshirilgan ishlar va bajarilishi lozim boʼlgan vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlarida va ularni tijoratlashtirish, patentlashtirish boʼyicha tavsiya va maslahatlar berib oʼtildi. Fundamental, amaliy va boshqa loyihalarini amalga oshirish boʼyicha mustahkam hamkorlik yoʼlga qoʼyilishi, jamiyat taraqqiyoti uchun muhim boʼlgan har bir tadqiqot eʼtibor va nazoratda ekanligi alohida taʼkidlab oʼtildi.

Davra suhbati yakunida yosh tadqiqotchilar oʼzlari qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.