alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Innovatsion darslar "Jarrohlik stomatologiya" sida

09:01 05.12.2020

Tibbiyot sohasiga yangiliklar olib kirish va ularni dars jarayonlariga tadbiq etishni yanada takomillashtirish maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti stomatologiya fakulteti, jarrohlik stomatologiya kafedrasi tomonidan  «Dental implantologiya va yuz-jag’ jarohatlari kasalliklari fanlarining muammolarini innovatsion usullar yordamida bartaraf etishni talabalarga amaliy ko’nikmalar yordamida yoritib berish» mavzusi asosida o’quv-amaliy mashg’ulot tashkil etildi.

Tadbirni ochib bergan stomatologiya» fakulteti dekan o’rinbosari X. Qurbonov hozirgi kunda sohaga berilayotgan katta e’tibor haqida aytib, aynan bugungi tashkil etilayotgan mashg’ulot kelajak yosh kadrlar uchun poydevor bo’lishini ta’kidlab o’tdi.

Tadbirning keyingi  qismlari dental implantalogiya va yuz jarrohligiga qiziqish bildirgan talabalar bilan amaliy mashg’ulotlarga ulanib ketdi.

Talabalar amaliy jarayonlar davomida kafedra assistentlari M.Abdukadirov, B.Najmiddinovlar yordamida qo’yning bosh qismida implantologiya sohasini chuqurroq o’rganishdi.

Tadbir so’nggida kafedra mudiri M.Teshaboyev ushbu tadbirlar soni ko’payishini va har bir mashg’ulot qiziqarli tashkil etilishini aytib o’tdi.

M.Abdukadirov

ADTI Jarrohlik stomatologiyasi kafedra assistenti

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!