alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSON АZIZ, XOTIRАSI MUQАDDАS

19:28 05.05.2021

Yaxshi sheʼr kishi qalbini zabt etadi. Oʼqigan saring oʼqiging kelaveradi, misralari esa diling va tilingdan tushmaydi. Аxborot-resurs markazida “Inson aziz, xotirasi muqaddas” shiori ostida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Unda Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor M. Botirov, Аxborot-resurs markazi, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi, Davolash va Pediatriya fakulteti xodimlari, havaskor shoirlar va talabalar ishtirok etdilar. Tadbir andijonlik zabardast shoirlar Muhammad Yusuf, Toʼlan Nizom, Tursunoy Sodiqovalarning xotirasiga bagʼishlandi. Unda ijodkorlarning hayot va ijod yoʼllari, oʼzbek adabiyotida ularning tutgan oʼrni, teran misralari xususida maʼlumotlar keltirib oʼtildi. Sheʼrlari talabalar tomonidan maroq bilan oʼqildi.

Tadbir davomida shoir Mirzohid Botirovning “Derazangni och” nomli kitobining taqdimoti ham boʼlib oʼtdi. Аxborot-resurs markazi xodimlari tomonidan M. Botirov va uning ijodi xususida talabalarga maʼlumot berib oʼtdilar. Shu oʼrinda ijodkor ham oʼzining ijodi, sheʼrlari borasida soʼzlab, sheʼrlaridan namunalar oʼqib berdi. Tadbir mushoiraxonlik kechasiga aylanib ketdi. Unda eng sara sheʼrlar oʼqildi.

Tadbir soʼnggida eng faol talabalarga M. Botirov o’zining “Derazangni och” nomli kitobini taqdim etdi.