alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSON A’ZOLARI TRANSPLANTATSIYASI BO‘YICHA SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

12:04 21.09.2021

INSON A’ZOLARI TRANSPLANTATSIYASI BO‘YICHA SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

So‘nggi yillarda mamlakatimizda buyrak, jigar va o‘zak xujayrasini ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kungacha 700 dan ortiq jarrohlik amaliyotlari muvafaqqiyatli o‘tkazildi. Ilmiy kengashlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan “Inson a’zolari va to‘qimalarini transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi hamda mamlakatimizda transplantologiyani rivojlantirish bo‘yicha jamoatchilik vakillarining munosabatini o‘rganish yuzasidan seminar tashkil etildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir qator deputatlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xodimlari, institutning professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Seminar davomida mutaxassislar “Inson a’zolari va to‘qimalarini transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasining mazmun-mohiyati, transplantatsiya yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, jarrohlik amaliyotidagi muvafaqqiyatlar, donorning huquqlari, donorlik mumkin bo‘lmagan shaxslar borasida yig‘ilganlarga batafsil tushunchalar berib o‘tdilar.

Shuningdek, tadbir davomida “Inson a’zolari va to‘qimalarini transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi hamda mamlakatimizda transplantologiyani rivojlantirish bo‘yicha jamoatchilik vakillarining munosabatini o‘rganish yuzasidan anonim so‘rovnoma ham o‘tkazildi. Mavzu borasidagi takliflar bildirilib, savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!