alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI 5-BOSQICH TАLАBАLАRI BILАN ONLАYN MULOQOT OʼTKАZDI

15:55 15.07.2021

INSTITUT REKTORI 5-BOSQICH TАLАBАLАRI BILАN ONLАYN MULOQOT OʼTKАZDI

Аvval maʼlum qilganimizdek, Аndijon davlat tibbiyot instituti rektori M. Madazimov 5-bosqich talabalari bilan onlayn muloqot oʼtkazdi. Unda barcha bosqich talabalari ham faol ishtirok etdilar. Onlayn muloqotda talabalar koʼproq yangi oʼquv yili onlayn yoki anʼanaviy davom ettirilishi, magistratura yoʼnalishida ajratilgan kvotalar soni, shartnoma mablagʼlarini qay tarzda bajarilishi borasidagi savollari bilan murojaat qildilar.

Barcha savollarga rektor tomonidan batafsil javob berildi. Muloqot soʼnggida tuman va qishloq tibbiyot maskanlarida amaliyot oʼtayotgan talabalarni amaliyot darslarini qoldirmaslik, bemorlar bilan muloqot davomida kasallanish holatlaridan yiroq boʼlib, karantin qoidalariga amal qilishlari, vaksinatsiya jarayonlarida faol ishtirok etgan talabalarning shartnoma toʼlovlariga 10 foizlik chegirma berilishi xususida ham alohida taʼkidlab oʼtildi.

Muloqot davomida fakultet dekan va uning o’rinbosarlari ham ishtirok etib, yangi o’quv yiliga tayyorgarlik borasida talabalarga ma’lumot berib o’tdilar.